iPhoneAddict Apps
  • Actualités
  • Accueil Apps
  • iPhone
  • iPad
  • Universelles
  • Mac
  • Apple TV
KG KultureGeek
App
iPhone / iPad Télécharger iAddict v5 Mac Télécharger iAddict Mac
  • Actualités
  • Accueil Apps
  • iPhone
  • iPad
  • Universelles
  • Mac
  • Apple TV
  • Archives keynotes
  • Firmwares & iTunes
  • Contactez-nous
  • Comparateur de prix
  • KultureGeek
Accueil » Liste des Apps » Apps Universelles » Productivité » MyGov: Davlat xizmatlari
3.11.155 iOS €Gratuit Uzinfocom 4.4 14 Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan. MyGov mobil ilovasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning. Oila, ta’lim,...
MyGov: Davlat xizmatlari

MyGov: Davlat xizmatlari

iOS Universel / Productivité

Gratuit
Obtenir sur l'App Store
Facebook X E-mail

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.

En voir plus...

Quoi de neuf dans la dernière version ?

Xato va kamchiliklar bartaraf etildi

  • Screenshot #1 pour MyGov: Davlat xizmatlari
  • Screenshot #2 pour MyGov: Davlat xizmatlari
  • Screenshot #3 pour MyGov: Davlat xizmatlari
  • Screenshot #4 pour MyGov: Davlat xizmatlari
  • Screenshot #5 pour MyGov: Davlat xizmatlari
  • Screenshot #6 pour MyGov: Davlat xizmatlari

D'autres applications du développeur

Temur tuzuklariTemur tuzuklariiOS UniverselMyID O'zbekistonMyID O'zbekistoniOS UniverselDMEDDMEDiOS UniverselDMED ProDMED ProiOS Universel

Note

(14 notes)

Détails sur l'application

Version
3.11.155
Taille
121.1 Mo
Version minimum d'iOS
15.6
Dernière mise à jour
14/07/2026
Publié par
Uzinfocom

Newsletter App Store

Recevez chaque jour les meilleures promos

Actualité Apple

Image Après le football et la F1, Apple TV veut diffuser du golf
Après le football et la F1, Apple TV veut diffuser du golf
Image iPhone pliable : « tout le monde » chez Apple l’appellent iPhone Ultra
iPhone pliable : « tout le monde » chez Apple l’appellent iPhone Ultra
Image iOS 27 : nouvelle bêta publique pour le firmware des AirPods
iOS 27 : nouvelle bêta publique pour le firmware des AirPods
Image Jennifer Bailey, responsable d’Apple Pay, va quitter Apple
Jennifer Bailey, responsable d’Apple Pay, va quitter Apple
iPhoneAddict Apps

Le catalogue iPhoneAddict pour suivre les nouveautés, mises à jour et baisses de prix de l’App Store.

Apps

Toutes les apps iOS iPhone iPad Universelles Mac Apple TV

iPhoneAddict

Actualité Apple Archives keynotes Contact À propos KultureGeek

Suivez-nous

©2009-2026 i2CMedia. Tous droits réservés.